Shri-Lanka poytaxti Kolombodagi sud zalida Ganemulla Sanjiva nomi bilan tanilgan jinoiy guruh yetakchisi Sanjiv Kumara Samararatne otib tashlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qotil o‘zini advokat sifatida tanitib, sud binosiga kirgan. Jinoyat quroli sifatida u to‘pponcha ishlatgan. Qurolni 25 yoshli qiz tekshiruvlardan olib o‘tgan — uni sahifalari kesib olingan kitob ichiga yashirgan.
Hujumchi qochishga urindi, ammo ushlandi. Uning sherigi bo‘lgan qiz esa hamon qidiruvda. Polisiya u haqdagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qildi.