Shri-Lankada avtobus jarlikka tushib ketishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda polisiyaga tayanib mahalliy Adaderana portal xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida kamida 35 kishi jarohat olgan. Ular Nuvara-Eliya va Kotmaledagi shifoxonalarga yetkazilgan.
YTHda halok bo‘lganlar shaxsi hozircha aniqlanmagan.
Yo‘l-transport hodisasi Shri-Lankaning Markaziy provinsiyasidagi Kotmale hududida sodir bo‘lgan. Mamlakat Transport kengashiga tegishli avtobus janubiy Kataragama ziyoratgohidan Kurunegalaga ketayotganida yo‘ldan chiqib, qariyb 100 metr balandlikdan qulab tushgan.