Shoygu Afg‘onistonga tashrif buyurib, “Tolibon” bilan muzokaralar olib bordi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Afg‘oniston boshqaruvidagi “Tolibon” oliy rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida iqtisod, transport va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi, deb yozadi Rossiya davlat agentligi.
"Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyat tepasida bo‘lgan vaqt ichida ko‘p narsa o‘zgarganini aytmoqchiman. Rossiya Afg‘oniston bilan barcha yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyor", — deya Shoyguning so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.
Afg‘onistonning Alemareh axborot portali, shuningdek, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Kobulga tashrifi chog‘ida "yaqin kelajakda siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash" uchun “Tolibon”ni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarish rejalarini ma’lum qilganini xabar qildi.