Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shotlandiya o‘rmonlarida kamyob olmaxon turi yashamoqda

Shotlandiya o‘rmonlarida kamyob olmaxon turi yashamoqda

Shotlandiya sharqida hayvonot olami himoyachilari oq rangdagi olmaxonning suratini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, olmaxonning rangi kulrang emas, balki qizil tusda. Sababi, olmaxonning quloq suyaklarida kulrang pigment ko‘zga tashlanmagan.

«Biz sifatli suratlarni qo‘lga kiritish uchun bir nechta joyga maxsus kameralarni joylashtiramiz. Nima bo‘lganda ham bu olmaxonlarning kamyob va antiqa turi», – deydi ekolog Gven Maggs.

Olmaxonni Shotlandiya shimoli-sharqidagi qizil olmaxonlarni asrash va ularni ko‘paytirish targ‘ibotini amalga oshiruvchi ekologiya faollari o‘rmonda uchratib qolgan. Endi ular olmaxonning haqiqatan ham ko‘zlarining rangi qizil bo‘lgan albinos turiga mansub yoki mansub emasligini aniqlashi lozim.

«Odatda, o‘rmonlarda oq rangli chumchiq, qarg‘a, zag‘izg‘on va hatto tipratikanlarga ham duch kelish mumkin. Lekin ular haqiqiy albinoslar emas», – deya ta’kidlagan Shotlandiya shimoli-sharqiy bioxilma-xillik koordinatori Aleks Styuart.

Kiritildi: 17:15 02.11.2019. O'qildi: 2673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!