Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shoshilinch tez tibbiy yordam shifokori bemordan pora talab qildi

Shoshilinch tez tibbiy yordam shifokori bemordan pora talab qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudining "Aniq.uz"ga ma’lum qilishicha, Xorazmda shifokor pora olish bilan bog‘liq jinoyatga qo‘l urgan.

Ma’lumotga ko‘ra, respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialining anesteziolog-reanimatolog shifokori vazifasida ishlab kelib S.A (ismi o‘zgartirilgan), o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda 2019 yil 3 iyun kuni fuqaro R.E ni qo‘llaridagi shish tugunchalarini olib tashlash uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazib berish evaziga R.E dan 800.000 so‘m pullarni pora tariqasida olgan vaqtida  huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Urganch shahar sudining raisi D.Ochilov raisligida o‘tkazilgan sud prosessida huquqbuzar S.Aning qilmishidan pushaymonligini, oilada yagona boquvchi ekanligini, qaramog‘ida 3 nafar farzandi borligini, oilaviy va moddiy ahvoli inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1932-moddasi (Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) bilan tegishli jazo chorasi taynlandi.

Kiritildi: 11:39 20.06.2019. O'qildi: 2070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!