Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shomurodovning navbatdagi goli "Istanbul Bashakshehir"ga g‘alaba taqdim etdi

Shomurodovning navbatdagi goli "Istanbul Bashakshehir"ga g‘alaba taqdim etdi

Turkiya chempionati 23-turida "Istanbul Bashakshehir" "Alanyaspor"ni safarda 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bahsda 14-daqiqada Amin Xaritning uzatmasidan so‘ng Devi Zelke hisobni ochdi.

44-daqiqada hamyurtimiz Eldor Shomurodov penaltidan oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 11 metrlik jarima zarbasi Abbosbek Fayzullayevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilandi.

67-daqiqada Floran Xaderjonay mezbonlarning yagona javob golini kiritdi.

Fayzullayev va Shomurodov 71-daqiqada zaxiraga olindi.

"Bashakshehir" bu g‘alaba evaziga ochkolarini 36 taga yetkazib oldi. Ular turnir jadvalida 6-o‘rinda. "Alanyaspor" 26 ochko bilan 10-pog‘onaga joylashgan.

Turkiya chempionati. 23-tur
21.02.2026, 18:00.
Alanyaspor - Bashakshehir - 1:2
Gollar: 14' 0:1 - D. Zelke (A. Xarit), 44' 0:2 - E. Shomurodov (penaltidan), 67' 1:2 - F. Xaderjonay.

Kiritildi: 23:37 21.02.2026. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!