Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkentdagi “Izza” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi “Izza” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 21 fevral soat 05:09 da 112-tizimidan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Qovunchi ko‘chasida joylashgan qurilish maxsulotlari sotish bozorida yong‘in solir bo‘lganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra qutqaruv bo‘linmalari soat 05:18 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:38 da o‘rab olingan va hozirda bartaraf etish ishlari olib borildi.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.

Yong‘in joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri A.Ikramov yetib borgan.

Aytilgan manzilda sodir bo‘lgan yong‘in natijasida bozor hududidagi 200 kv.m maydonda joylashgan rom va eshik mahsulotlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning yong‘inni tezkorlik bilan bartaraf etishi natijasida bozorning 2000 kv.m maydoni saqlab qolindi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning 16 fevral kuni mazkur bozor Davlat yong‘in nazorati organi tomonidan tegishli tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida yong‘in xavfsizligi qoidalarining bir qator buzilish holatlari aniqlangani sababli, kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar bozorning ish faoliyati to‘xtatilib, 3 kun muddatga elektr ta’minotidan uzilgan.

Bozor ma’muriyati tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga aniqlangan barcha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kafolat xati taqdim etgan. Biroq, afsuski, ushbu qoidabuzarliklar o‘z vaqtida to‘liq bartaraf etilmagani oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

“Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlarFavqulodda vaziyatlar vazirligi barchadan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘rab qoladi. Beparvolik mulkingiz va hayotingizga xavf tug‘dirishini unutmang!” deyiladi FVV bayonotida.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!