O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshehir" safida o‘zining to‘purarlik mahoratini namoyish etmoqda.
12 turdan so‘ng 30 yoshli hujumchimiz o‘z hisobiga 8 ta gol va 1 ta assist yozdirib ko‘ygan holda Superliga to‘purarlar ro‘yxatida "Trabzonspor" forvardi Pol Onuachu bilan peshqadamlikni bo‘lishib turibdi.
Keyingi o‘rinlarda Mauro Ikardi ("Galatasaroy"), Umut Nayir ("Konyaspor") va Yusuf En-Nesiri ("Fenerbaxche") bor. Ularning barchasi 6 tadan gol urgan.