Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shomurodov «Roma»ni tark etadimi?

Shomurodov «Roma»ni tark etadimi?

O‘FA media departamenti boshlig‘i Davron Fayziyev O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisining klubini tark etayotgani haqida xabarlar noto‘g‘riligini ma’lum qildi.

«Eldor Shomurodov va «Sampdoriya» haqida xabar tarqalishni boshladi. Bu noto‘g‘ri informasiya. «Roma» sahifasi Eldorning gol urgandagi rasmini qo‘yib qaysi jamoaga qarshi urganini so‘ragan. To‘g‘ri javob - «Sampdoriya»ga qarshi o‘yinda urilgan gol. Transferga umuman aloqasi yo‘q. Bu haqda gap yo‘q. Qisqasi Shomurodov o‘tmayapti hech qayerga», - deyiladi Davron Fayziyevning telegram kanalida.

Kiritildi: 07:39 17.06.2022. O'qildi: 3222 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!