Bugun 6 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Shomurodov hech qayerga ketmaydi

Shomurodov hech qayerga ketmaydi

Eldor Shomurodov qishki transfer oynasida «Roma»ni tark etmaydigan bo‘ldi.

Hujumchiga bir qator jamoalardan qiziqish bo‘lganiga qaramasdan, «Roma» hujumchini na ijaraga, na transfer qilishga qaror qildi.

Retesport xabariga ko‘ra, «Roma» va Shomurodovning atrofidagilar futbolchining qolishiga kelishib olishdi.

Qaror kecha ertalab qabul qilindi va Shomurodov mavsum oxirigacha qoladi.

Avvalroq, «Roma» ustozi Klaudio Ranyeri Shomurodovga ishonishini va uni qo‘yib yubormasligini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 10:57 01.02.2025. O'qildi: 1524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!