Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Shols Germaniyada boshpana huquqini cheklashga qarshi chiqdi

Shols Germaniyada boshpana huquqini cheklashga qarshi chiqdi

Germaniya kansleri Olaf Shols imigrasiya qonunchiligiga cheklovlar qo‘yish qaroriga qarshi chiqqan va konservator Fridrix Mers takliflarini tanqid qilgan. Mers tomonidan taqdim etilgan choralar konstitusiya va Yevropa qonunchiligiga zid bo‘lib, yuksak qonun ustuvorligi va Yevropa Ittifoqining poydevorini zaiflashtiradi, deb hisoblaydi Germaniya kansleri.

«Boshpana huquqi bizning huquqiy va axloqiy tizimimizning ajralmas qismidir» deb ta’kidladi Shols, Bundestagda migrasiya siyosati bo‘yicha so‘zlaganida.

Kansler, shuningdek, Germaniyada boshpana olish huquqi «nasistlar hukmronligining dahshatlariga javob sifatida» taqdim etilganini va «zo‘ravonlik, urush va terrordan himoya»ni ta’minlashi, shuningdek, insonparvarlik va adolat ifodasi ekanini eslatdi. Biroq, «kim boshpana olish huquqiga ega va kimda esa bu huquq yo‘qligini» aniq ajratish zarurligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 23:14 29.01.2025. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!