NATO mamlakatlari Germaniyaning blokning jamoaviy mudofaa qilinishiga o‘z hissasini qo‘shishiga shubha qilmasligi kerak. Germaniya kansleri Olaf Shols chorshanba kuni Bundestagda (parlament) chiqish qilib hukumatning ushbu bayonotini tarqatdi.
"Bizning alyans bo‘yicha hamkorlarimiz biladiki, ular bizga suyanishi mumkin. Ular agar kerak bo‘lsa blokning har bir qarich yerini himoya qilishimizni yaxshi bilishadi", – dedi kansler. Uning qo‘shimcha qilishicha, aynan shu maqsadda Germaniya parlamenti mudofaa ehtiyojlari uchun 100 milliard Yevro ajratishga ovoz bergandi. Mazkur mablag‘ yangi qurol-yarog‘lar, harbiy texnikalar va yangi tizim ishlanmalarini sotib olishga sarflanadi.
So‘nggi paytlarda Germaniyada ko‘plab siyosatchilar Bundesverning (Qurolli kuchlar) yetarli material bazaga ega emasligini ta’kidlashmoqda. Xususan, Bundestagning mudofaa masalalari bo‘yicha vakili Yeva Xyogl Germaniya o‘zining qurolli kuchlarini yetarlicha modernizasiya qilmayotganligini aytib o‘tgandi. Shuningdek, Xyogl Germaniya o‘zining qurolli kuchlarini to‘liq ta’minlash uchun 20 milliard yevroga qurol-yarog‘ sotib olish kerakligini eslatgan.