Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shols Germaniya Moliya vaziri Kristian Lindnerni lavozimidan bo‘shatdi

A A A
Shols Germaniya Moliya vaziri Kristian Lindnerni lavozimidan bo‘shatdi

Olaf Shols Germaniya Moliya vaziri Kristian Lindnerni lavozimidan bo‘shatdi. Bu haqda Der Spiegel xabar berdi.

Lindner “Yashillar” va “Sosial-demokratik” partiyalari bilan birgalikda hukmron koalisiya tarkibiga kiruvchi “Erkin Demokratik” partiyasini boshqaradi.

Tagesspiegel'ning qo‘shimcha qilishicha, Lindner Bundestagga yangi saylovlar o‘tkazishga chaqirgan.

Nemis ommaviy axborot vositalari Germaniya hukumatidagi asosiy vazirlardan birining ishdan bo‘shatilishi bilan koalisiya parchalanishiga ishonmoqda. Bunday holatda mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishi mumkin.

"Iqtisodiy islohotlar va defisitli budjet loyihasi yuzasidan bahslar bunga turtki bo‘ldi", T-Online.

Kiritildi: 10:29 07.11.2024. O'qildi: 924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!