Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Shohruh Rahimov lavozimidan ozod qilindi

Shohruh Rahimov lavozimidan ozod qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori Shohruh Hamidovich Rahimov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rahimov boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining kecha, 14 martdagi qaroriga asosan ishdan bo‘shatilgan.

Ma’lumot uchun, Shohruh Rahimov mazkur lavozimga 2022 yil fevral oyida tayinlangan edi. Avvalroq, u vazirlikning Koreya Respublikasi bilan investision hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Kiritildi: 13:06 15.03.2023. O'qildi: 1848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!