O‘zbekiston «Rowing&canoe» federasiyasi sportchisi Shohmurod Holmurodovdan musobaqa davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan «Klomifen» moddasi borligi aniqlandi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, sportchi Butunjahon antidoping kodeksining 2.1 qoidasi (Taqiqlangan modda yoki uning metabolitlari va markerlari spotrchi analizida mavjudligi)ni buzgani uchun Butunjahon antidoping kodeksining 10.2.1 bandiga asosan 3 yil muddatga diskvalifikasiya qilindi.
"Ma’lumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, diskvalifikasiya jazo muddatini o‘tayotgan shaxs (sportchi, murabbiy v.x.k) diskvalifikasiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikasiya muddati qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federasiyasi yoki assosiasiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo‘llash mumkinligi belgilangan", deyiladi xabarda.