Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

BAA terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin

BAA terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin

15 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida BAAga qarshi o‘ynaydi.

BAA terma jamoasi O‘zbekistonga 4 yo‘qotish bilan kelayotgani haqida xabar chiqdi. 4 futbolchidan biri Fabio De Lima. "Al Vasl" klubi futbolchisi 2013 yilda O‘zbekiston fuqarosi pasportini olgan va BAA chempionatida osiyolik legioner sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Bu holat O‘zbekistonda tekshiruvga sabab bo‘lgan va bu raqamli pasport aslida boshqa odamga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan.

Shu bois Fabio hech qachon O‘zbekistonga uchib kelmaydi. O‘z vaqtida "Nasaf" OCHLda "Al Vasl"ni qabul qilgan va De Lima Qarshiga kelmagandi. Yaqindagina "Al Vasl" "Paxtakor"ga qarshi o‘ynadi, tushunganingizdek Fabio kelmadi. U 15 oktyabr kungi bahsni ham BAAdan turib tomosha qiladi.

BAA terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin

Kiritildi: 08:39 14.10.2024. O'qildi: 14708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!