Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Tailandda Gumi laqabli 34 yoshli o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi.

Tailandda Gumi laqabli 34 yoshli o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi.

Pattayada o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi. Interpol uni xorijda fohishalik uyushtirganlikda gumon qilmoqda.
Tailandda Gumi laqabli 34 yoshli o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi. U 16-oktabr kuni Chonburi provinsiyasi immigrasiya xizmati tomonidan viza muddatini ikki kunga oshirib yuborgani uchun hibsga olingan.

The Pattaya News nashrining yozishicha, o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida Gumi ham Interpolning O‘zbekiston tomonidan e’lon qilingan qizil e’loniga binoan qidiruvga berilgani ma’lum bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘zbekistonlik yosh ayollarni xorijga fohishalik qilish uchun uyushtirish va sotishda gumon qilinmoqda.

Hozirda gumonlanuvchi hibsda, huquq-tartibot idoralari qo‘shimcha tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda, uning faoliyati holatlari va ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlamoqda.

Kiritildi: Bugun 13:11. O'qildi: 1335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!