Janubiy Koreya razvedka agentligi Shimoliy Koreya Ukrainadagi urushda qatnashish uchun 12 ming askarini yuborishga qaror qilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligiga tayanib.
Bir kun avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusselda nutq so‘zlab, KXDRdan urushga jalb etilishi mumkin bo‘lgan 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi haqida gapirdi.
Rossiya Moskvaning Shimoliy Koreya harbiylarini Ukrainadagi harbiy amaliyotlarga jalb etishga tayyorligi haqidagi so‘nggi xabarlarni yolg‘on deb atadi.
Janubiy Koreya juma kuni Shimoliy Koreya qo‘shinlarini Rossiyaga yuborish xalqaro xavfsizlikka jiddiy tahdid ekanligini va Seul bu harakatga barcha mavjud vositalar bilan javob berishini aytdi, deyiladi mamlakat prezidenti ma’muriyati bayonotida.