16 oktyabr kuni Rafahda (G‘azo sektori) o‘ldirilgan va Isroilga olib kelingan Yahyo Sinvarning jasadi 18 oktyabrga o‘tar kechasi Abu-Kabirdagi Sud tibbiyoti institutidan olib chiqilib, yashirin saqlash joyiga olib kelingan. Bu haqda Ynet xabar berdi.
Nashrda ta’kidlanishicha, hozirda HAMAS rahbarining jasadini kelgusida qanday ishlatish kerakligi haqida qaror qabul qilinmagan. Taxminlarga ko‘ra, uni vaqtincha dafn etishadi.
Abu-Kabirdagi institut ekspertlari 17 oktyabr kuni kechqurun Rafahda topilgan jasad Sinvarga tegishli ekanligi haqida rasmiy xulosa berdi. Tasdiq DNK tahlili natijalariga ko‘ra olingan. Shu bilan birga, Sinvarning o‘limi sababi aniqlandi: u bosh miya jarohatidan vafot etdi. Tanasida o‘qotar jarohatlar topilgan, bu SAXAL bilan otishma paytida olingan.