9 may kuni Toshkentdagi "Humo arena" majumasida "All Stars Entertainment" tomonidan navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etiladi.
E’tiborlisi, unda taniqli charm qo‘lqop ustamiz Shohjahon Ergashev (25-2, 22 KO) ham ishtirok etib, qozog‘istonlik boks yulduzi Batir Jukenbayev(24-1, 17 KO)ga qarshi ringga chiqadi. Bu haqda sportchilar Instagram tarmog‘iga joylagan postda e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, 4 yanvar kuni Ergashev hindistonlik Gurprit Singhni 1-raunddayoq nokautga uchratgan edi.