Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Shohjahon Ergashev prof boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi

Shohjahon Ergashev prof boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi

Kecha, 15 fevral kuni Farg‘ona shahridagi "Samo" sport majmuasida professional boks oqshomi tashkil etildi.

Kechaning markaziy jangida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi, IBF kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev ugandalik Junju Pauerga qarshi ringga ko‘tarildi. Yarimo‘rta vazn toifasida 12 raund etib belgilangan jang 1-raunddayoq Shohjahon Ergashevning nokautli g‘alabasi bilan yakunlandi. Raund mobaynida bokschimiz raqibini bir necha bor nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ydi.

Shu tariqa, Shohjahonning prof boksdagi rekordi 25-2 ko‘rinishiga keldi. U 27 ta jangning 25 tasida g‘alabaga erishgan (22 ta jangda g‘alaba muddatidan oldin qo‘lga kiritilgan). 2 ta jangda mag‘lub bo‘lgan (1 ta jangda muddatidan oldin taslim bo‘lgan).

Kiritildi: 22:29 16.02.2025. O'qildi: 1257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!