Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini qachon va qayerda o‘tkazishini aytdi

Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini qachon va qayerda o‘tkazishini aytdi

Professional boksning super yengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

"Asosiy e’tiborimni o‘z promouterligim tomonidan o‘tkazilayotgan boks kechalariga qaratganman. Farg‘ona, Samarqand va Namanganda bu boks turnirlarini muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazib oldik. Navbatdagi musobaqani sentyabr oyida Jizzax yoki Buxoroda o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. Bu turnirlarda o‘zlarini yorqin namoyish eta olgan 3-4 nafar bokschini aniqlab oldik va endi ularga xorijdagi turnirlarda jang tashkil qilib beramiz. Bugun o‘zimga ham jang o‘tkazish taklifi berildi. Oktyabr oyida Britaniyadagi turnirda jang o‘tkazaman. Tez orada mashg‘ulotlar uchun Rossiya yoki AQShga jo‘nab ketaman", - dedi Ergashev.

Shohjahon Ergashev aytgan oktyabr oyida boxrec saytiga rasman joylangan bir nechta turnirlar bor: 3 oktyabr Birmingem, 4 oktyabr Sautgempton, Manchester, Glazgo, Sheffild, 10 oktyabr Lids, 11 oktyabr Bristol, Farnvort, Preston, Bitnal Grin, Vud Grin, Sheffild, 12 oktyabr Lirxuk, 17 oktyabr Bitnal Grin, 18 oktyabr Lids, 30 va 31 oktyabr kunlari Glazgo.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli charm qo‘lqop ustamiz hozirgacha 27 ta jangda 25 g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Kiritildi: 22:34 18.08.2025. O'qildi: 1012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!