Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Shimoliy oqim" operator kompaniyasiga gaz quvurlari portlatilishi bo‘yicha tovon puli to‘lash rad etildi

"Shimoliy oqim" operator kompaniyasiga gaz quvurlari portlatilishi bo‘yicha tovon puli to‘lash rad etildi

London Oliy sudi g‘arb sug‘urta kompaniyalari 2022 yilda "Shimoliy oqim" gaz quvurining har ikki tarmog‘i portlatilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplab bermasligi kerak, degan qaror chiqardi.

"Gazprom" nazoratidagi "Shimoliy oqim" operator kompaniyasi bo‘lgan "Nord Stream" sug‘urta kompaniyalaridan gaz quvuri portlatilishi uchun qariyb 580 million yevro talab qilgan edi. Agar "Nord Stream" yutib chiqqanida, sug‘urtachilar infratuzilmaga yetkazilgan zarar uchun tarixdagi eng yirik tovon pullaridan birini to‘lashlariga to‘g‘ri kelardi.

Biroq sudya Kler Moulder sug‘urta kompaniyalari tomonini oldi va "Shimoliy oqim"ning portlatilishidan ko‘rilgan zarar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita Rossiya-Ukraina urushi bilan bog‘liq deb topdi. "Nord Stream' esa o‘z navbatida urush portlatish uchun shunchaki bir fon yoki bahona bo‘lgan, deb da’vo qildi.

Kiritildi: 12:17 07.07.2026. O'qildi: 1096 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!