Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shimoliy Makedoniyada 61 yoshli ayol birinchi farzandini dunyoga keltirdi

A A A
Shimoliy Makedoniyada 61 yoshli ayol birinchi farzandini dunyoga keltirdi

Shimoliy Makedoniyada 61 yoshida birinchi farzandini dunyoga keltirgan ayol mamlakatdagi “eng keksa ona” bo‘ldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Kirill va Mefodiy universiteti qoshidagi akusherlik va ginekologiya klinikasi direktori Irena Papestyeva jurnalistlarga 61 yoshli ayol birinchi farzandini dunyoga keltirganini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, ayol "mamlakatning eng keksa ayoli" unvonini olgan

“Tibbiyot olamida chegara yo‘q. Petar ismli chaqaloqning vazni 2,3 kg, bo‘yi 48 sm”, – deydi direktor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, homiladorlik ekstrakorporalli urug‘lantirish orqali o‘tgan va bu Shimoliy Makedoniyada birinchi marta sodir bo‘lmoqda.

“Mamlakatimizning barcha hududlaridan ayollar homiladorlik jarayonini qiziqish bilan kuzatishdi. Ayol homiladorlikning 36-haftasida universitet klinikasida tug‘di. Ona va bolaning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda”, – dedi Papestyeva.

Kiritildi: 17:12 27.11.2024. O'qildi: 1462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!