Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Shimoliy Koreyaning Rossiyadagi qo‘shinlari «juda xavotirli»

Shimoliy Koreyaning Rossiyadagi qo‘shinlari «juda xavotirli»

Germaniya kansleri Olaf Shols Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga yuborilishi haqidagi xabarlar «juda xavotirli» ekanini aytdi.

«Buni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi», dedi Shols Hindistonga safari chog‘ida OAVga - «Bu, albatta, vaziyatni yanada keskinlashtiradigan narsa.»

Kanslerning aytishicha, bu harakat Rossiya prezidenti Vladimir Putinning og‘ir ahvolda ekanini ko‘rsatadi.

Bu, shuningdek, adolatli tinchlikka intilishni davom ettirish va Ukrainani «qat’iy, ishonchli» qo‘llab-quvvatlash uchun sababdir, dedi Shols.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya dam olish kunlaridanoq Shimoliy Koreya askarlarini joylashtirishni boshlashini kutayotganini aytgandi.

Kiritildi: 19:59 26.10.2024. O'qildi: 7931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!