Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shimoliy Koreya sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan yangi raketa tizimini sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan yangi raketa tizimini sinovdan o‘tkazdi

KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatning yangi raketa tizimlari sinovlarini shaxsan kuzatdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar berdi.

Rasmiy Pxenyan tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, bu galgi sinovlarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari asosida boshqariladigan taktik qanotli raketaning nishonga urilish aniqligi tekshirilgan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, ushbu qurol zamonaviy navigasiya tizimi bilan jihozlangani tufayli an’anaviy raketalardan tubdan farq qiladi.

«KXDRning yangi taktik qanotli raketasi parvoz vaqtida yer maydoni relefiga avtomatik tarzda moslashadigan (konturli) va o‘ta aniq harakatlanishni ta’minlaydigan navigasiya tizimiga ega», — deyiladi KMTA xabarida.

Kiritildi: Bugun 12:08. O'qildi: 137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!