Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 million dona snaryad yetkazib bergan — Yonhap

Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 million dona snaryad yetkazib bergan — Yonhap

Nashrning Janubiy Koreya Harbiy razvedka agentligi (DIA) hisobotiga tayanib xabar berishicha, Ukraina urushi davomida KXDR Rossiyaga taxminan 28 mingta konteynerda qurol-yarog‘ va artilleriya snaryadlari yuborgan.

"Agar bu miqdorni 152 mm o‘lchamli snaryadlar hisobida baholasak, yetkazib berilgan snaryadlar soni taxminan 12 milliondan oshgan", deyiladi DIA bayonotida.

Ukraina harbiy razvedkasi (GUR) rahbari Kirill Budanovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiya armiyasidagi yirik kalibrli snaryadlarining yarmi Shimoliy Koreya ishlab chiqarishiga mansub. Moskva KXDRdan o‘q-dorilar sotib olganini hech qachon rasman tasdiqlamagan, biroq urush boshida Rossiya armiyasida kuzatilgan “snaryadlar taqchilligi” haqidagi shikoyatlar hozirda to‘xtagan.

2024 yilda Rossiya va Shimoliy Koreya o‘zaro harbiy yordamni nazarda tutuvchi hamkorlik shartnomasini imzolagandi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya va Ukraina maxsus xizmatlari Pxenyan yaqin oylarda Rossiyaning Ukrainadagi hujumlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 25 mingdan 30 ming nafargacha harbiy xizmatchi yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabar bermoqda.

Kiritildi: 18:20 14.07.2025. O'qildi: 392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!