Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Shimoliy Koreya mamlakatning sharqiy sohillari yaqinidan dengizga ikkita raketa uchirdi

Shimoliy Koreya mamlakatning sharqiy sohillari yaqinidan dengizga ikkita raketa uchirdi

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ulardan kamida biri ballistik raketa bo‘lgan. Janubiy Koreya harbiylari ma’lumotiga ko‘ra, 20 sentyabr kuni soat 15:00 atrofida Vonsan shahri yaqinidan birinchi raketa uchirilgan. Ballistik raketa 450 kilometr masofani bosib o‘tib, Yapon dengizi hududiga tushgan. Ikkinchi raketa esa 20 sentyabr kuni soat 18:00 dan biroz keyin uchirilgan.

Seul buni BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyalarini buzuvchi “jiddiy harakat” deb baholab, Pxenyanni ballistik raketa sinovlarini darhol to‘xtatishga chaqirdi.

Yaponiya bosh vaziri idorasi ham shu kuni ikkala uchirilgan ob’ekt ballistik raketa bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Tokio Pxenyanga “qat’iy norozilik” bildirdi va raketa uchirilishini mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikka tahdid sifatida qoraladi.

Ushbu voqea KXDR o‘zining yadroviy davlat maqomini yana bir bor tasdiqlaganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. Shuningdek, Pxenyan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Shimoliy Koreyani yadroviy faoliyatini to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyusiyasini ham rad etgandi.

Kiritildi: 20:21 20.09.2026. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!