Shimoliy Koreya o‘zining yadroviy salohiyatini kuchaytirmoqda. Pxenyan AQSh va uning janubiy koreyalik ittifoqdoshi o‘rtasidagi harbiy hamkorlikka qarshi turish uchun "strategik vositalar"dan foydalanishini ogohlantirdi, deya xabar bermoqda Newsweek.
Nashr ta’kidlashicha, Kim Chen Inning tez-tez raketa sinovlarini o‘tkazishi va yadroviy salohiyatni kengaytirishi KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirgan.
"Hozirda Pxenyan cheklangan miqdordagi qit’alararo ballistik raketalarga ega bo‘lib, ular butun Shimoliy Amerika bo‘ylab nishonlarga zarba berishga qodir, deb hisoblanmoqda. AQSh harbiy-havo kuchlarining yuqori lavozimli vakili yaqinda bunday har qanday hujum jiddiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi," - deyiladi nashrda.
Shuningdek, Pxenyan prezident Donald Tramp ma’muriyati allaqachon "AQShning Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) xavfsizlik vaziyatiga tahdid soluvchi provokasiyalarini" kuchaytirib yuborganini ta’kidladi.
Xabarda ta’kidlanishicha, yadroviy tiyib turishga asoslangan KXDR qurolli kuchlarining jangovar qobiliyatini oshirish "AQSh va boshqa dushmanlarning strategik tahdidiga strategik vositalar bilan qarshi turish" uchun adolatli va muqarrar variantdir.