Bugun 11 avgust, 2020 yil, seshanba

КИР

Shifokorlar jigarni sog‘lom saqlashning eng oson usulini ma’lum qilishdi

Shifokorlar jigarni sog‘lom saqlashning eng oson usulini ma’lum qilishdi

Qahva iste’moli jigar sirrozining oldini olishga hamda ushbu ta’na a’zomizni yaxshi holatda saqlashga yordam beradi, deb yozadi “Medikforum” amerikalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga asoslanib.

Jigar sirrozi bu patologik jarayon bo‘lib, organning qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishi va yo‘q qilinishi bilan tavsiflanadi.

Jons Xopkins nomli sog‘liqni saqlash maktabining mutaxassislari 45 yoshdan 64 yoshgacha jigar muammolari bo‘lgan 14,2 ming odamning tibbiy ma’lumotlarini tahlil qilgan holda bemorlarning turmush tarzi va ovqatlanish odatlarini o‘rganib chiqib, qahvani yaxshi ko‘radiganlar sirrozni boshqalarga qaraganda o‘rtacha 21 foizga kam ko‘rganliklarini aniqlashdi.

Shu bilan birga, kuniga ikki stakan tabiiy kofe ichgan odamlarda kasallik xavfi 44% ga, uch stakan ichganlarda 57% ga, kuniga to‘rt stakan ichganlarda esa sirrozga chalinish xavfi ehtimoli 65% ga kamayganligining guvohi bo‘lishdi.

 

 

 

 

Kiritildi: 06:30 13.07.2020. O'qildi: 7947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!