Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi

Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi

“O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev xotirasini abadiylashtirish va uning ijodiy maktabi an’analarini munosib davom ettirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–232-son, 28.07.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi negizida Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi.

⏳ Oliy maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.

📋 Oliy maktabga boshlang‘ich musiqiy bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilar ijodiy sinov asosida 9-sinfdan qabul qilinadi.

📜 O‘quv jarayoni davlat grantiga asoslangan 3 yillik o‘quv dasturi bo‘yicha tashkil etiladi hamda bitiruvchilarga o‘rta maxsus kasbiy ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.

✔️ Oliy maktabning iqtidorli bitiruvchilari o‘z o‘qishini tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlarining 2-bosqichidan davom ettirishi mumkin.

🏛 Shuningdek, oliy maktabda Sherali Jo‘rayev ijodiy yo‘nalishi va faoliyati bo‘yicha ilmiy-ijodiy laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: 13:05 04.08.2025. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!