Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shayxontohur tumanidagi qurilish-montaj ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi 18 iyul soat 15:00 dan 21 iyul soat 06:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘nalishlardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz!,- deyiladi xabarda.