Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Shayxontohur tumanida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Shayxontohur tumanida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani bo‘lim tomonidan tumandagi Taxtapul ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xiof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar J.T. va A.YA. fuqaro O.A.ga xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 66,3 mln so‘mlik jami 800 dona “Vello-4” va “Vello-6” nomli tamaki mahsulotlarini 5 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!