Fransiya TIV Ukraina uzoq masofali qurollardan foydalanishini qo‘llab-quvvatladi.
Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barrotning BBC'ga aytishicha, Ukraina «o‘zini himoya qilish mantig‘ida» Rossiyaga Fransiyaning uzoq masofali raketalarini uchirishi mumkin.
Biroq u Ukraina Rossiya nishonlarida Fransiya tomonidan taqdim etilgan uzoq masofali qurollardan foydalangan yoki yo‘qligini oshkor qilmadi.
Barrotning aytishicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasida «qizil chiziqlar» yo‘q. Uning qo‘shimcha qilishicha, Fransiyaning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga yo‘llagan xabarlari «yaxshi qabul qilingan».
«Ukrainani shiddat bilan va kerak bo‘lganda qo‘llab-quvvatlaymiz. Nega? Chunki bu bizning xavfsizligimiz xavf ostida degani. Rossiya armiyasi har gal bir kvadrat kilometrga ilgarilaganda, tahdid Yevropaga bir kvadrat kilometr yaqinlashadi», - dedi Barrot.