Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari bazalari ustida noma’lum dronlar aniqlandi — The Guardian

Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari bazalari ustida noma’lum dronlar aniqlandi — The Guardian

Dronlar 20–22 noyabr kunlari Leykenhit, Mildenholl va Feltvelldagi bazalar ustida ko‘rilgan, deb yozadi gazeta. Ma’lumotni AQSh harbiy-havo kuchlari ham tasdiqladi.

Har uchala baza mamlakatning sharqiy qismida, Shimoliy dengiz sohilida joylashgan. Dronlar ushbu hududlar aholisiga yoki muhim infratuzilma ob’ektlariga ta’sir qilmagan. Ularni kim uchirgani noma’lum. AQSh harbiy-havo kuchlari dronlar dushman kuchlariga tegishliligi haqida aniq ma’lumot yo‘qligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Germaniya shimolidagi Flensburg shahridagi sanoat hududi ustida dronlar kuzatilgan edi. Bild nashri dronlar Rossiya agentlari tomonidan Shimoliy dengizdagi fuqarolik kemalaridan uchirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Kiritildi: Bugun 17:48. O'qildi: 1155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!