Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shayxontohur tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Shayxontohur tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini  sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar D.O. va D.Y. jami 22 dona “Tropikamid” hamda “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 100 AQSh dollari va 2,4 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, D.O.ning xonadonidan 65 dona “Selofen” va 44 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:06 30.05.2023. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!