Ozarbayjonning Shusha shahrida shaxmat bo‘yicha Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir yakunlandi.
O‘ninchi marta tashkil etilgan mazkur nufuzli turnirda 8 nafar grossmeyster qatori hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Blis va rapid yo‘nalishlarida o‘tkazilgan bahslar sarhisobiga ko‘ra, FIDE bayrog‘i ostida musobaqada ishtirok etgan rossiyalik Yan Nepomnyashshiy 19 ochko jamg‘argan holda Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir g‘olibiga aylandi.
Har ikki yo‘nalishda munosib ishtirok etgan mahoratli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov 18 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov mazkur nufuzli musobaqaning 2022 yilgi g‘olibi sanaladi.