Qozog‘istonlik MMA jangchisi Shavkat Rahmonovning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilgan Shavkat Rahmonov 16 dekabr kuni o‘tkaziladigan UFC 296 turnirida amerikalik Stiven Tompsonga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
"UFCdan taklif keldi va men rozi bo‘ldim. Rahmonov, kel yilni ajoyib tarzda yakunlaymiz. 16 dekabrni sabrsizlik bilan kutyapman", - deb yozdi Tompson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
O‘z navbatida Shavkat "Kel, buni amalga oshiramiz", - deya unga javob qaytardi.