Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vaziflar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

“O‘zgidromet”ning ma’lumotiga ko‘ra, shu haftadan havo harorati kunduzi +10 darajagacha va kechalari +3 darajagacha ko‘tariladi. Hatto, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 2-7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Havo haroratining ko‘tarilishi – qor va muzlar erishini tezlatib, sel, ko‘chki va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimolini yanada kuchaytiradi.

Yig‘ilishda mavjud holat hududlar kesimida chuqur tahlil qilinib, yuzaga kelishim mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar hamda hokimliklar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 18 noyabrdagi 426-son qarorlariga asosan Toshqinga qarshi Hukumat hamda hududiy komissiyalar tuzilgan va ularning asosiy vazifasilari belgilangan.

Vazirlar Mahkamasida o‘tgan yig‘ilish bayoni bilan ushbu Komissiya a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlariga biriktirildi.

Kiritildi: 12:40 30.01.2023. O'qildi: 2531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!