Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaati 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaati 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaati joriy yilning 24 yanvarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, 21 yanvar, seshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda.

«Kun.uz»ning yozishicha, Oliy Majlisga murojaat sanasi o‘zgarishi ham mumkin.

O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga birinchi murojaati 2017 yilning 22 dekabrida bo‘lib o‘tgan edi. 2018 yilning 28 dekabrida Shavkat Mirziyoyev ikkinchi marta parlamentga murojaat qilgan edi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 22:45 14.01.2020. O'qildi: 1993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!