Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-25 iyun kunlari Mo‘g‘ulistonga rasmiy tashrif buyuradi. Tashrif O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning mustahkamlanishiga yana bir qadam bo‘ladi.
Tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, konchilik, transport sohalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperasiya loyihalarini ilgari surish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish e’tibor markazida bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 2024 yilda Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonga tashrif buyurgan.