Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrif sanasi ma’lum qilindi

A A A
Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrif sanasi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15-17 may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQShda bo‘ladi.

Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston – AQSh hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Vashingtonda davlatimiz rahbari, shuningdek, AQSh Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Asr.uz

Rasmiy tashrif yakunida ikki mamlakat Prezidentlari «O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» deb nomlangan Qo‘shma bayonotni imzolashi, turli sohalardagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamining qabul qilinishi kutilmoqda.

Kiritildi: 06:27 14.05.2018. O'qildi: 1308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik