Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutlab tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutlab tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyga maktub yo‘lladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik xato yo‘lladi. Zelenskiy uni o‘zining X sahifasida e’lon qildi.

«Ukrainaning milliy bayrami — Mustaqillik kuni munosabati bilan sizni va butun Ukraina xalqini samimiy muborakbod etaman. Ishonchim komilki, davlatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va uzoq muddatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan aloqalar kelgusida ham xalqlarimiz umumiy manfaatlari yulida rivojlanib boraveradi», — dedi O‘zbekiston prezidenti.

Foto: X / @ZelenskyyUa Foto: X / @ZelenskyyUa

«Fursatdan foydalanib, sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, ukrain xalqiga esa tinchlik-omonlik va farovonlik tilab qolaman», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

"Ishonchim komilki, davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va uzoq muddatli hamkorlikka asoslangan aloqalar kelgusida ham xalqlarimiz umumiy manfaati yo‘lida rivojlanib boraveradi", deyiladi maktubda.

O‘z navbatida Zelenskiy tabrik uchun minnatdorchilik bildirgan. Bu haqda Ukraina rahbari X tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

"Men sizning Ukrainaning hududiy yaxlitligi va insonparvarlik tashabbuslari bo‘yicha pozisiyangizni qadrlayman", degan Ukraina rahbari.

Kiritildi: 23:45 24.08.2025. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!