Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Tuman tashkilotlari o‘zini "nazoratchi" deb biladi, aholi og‘irini yengil qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘q"

Shavkat Mirziyoyev: "Tuman tashkilotlari o‘zini "nazoratchi" deb biladi, aholi og‘irini yengil qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘q"

Suv va kanalizasiya xizmatidan tushgan mablag‘ning 10 foizi tumanlarda qolyapti. Lekin, zarur materiallar tayyor turmagani uchun 2-3 soatda hal bo‘ladigan avariyalar 4-5 kunga cho‘zilayapti. Qachon avariya bo‘lsa, keyin material sotib olinayapti.

“Tuman tashkilotlari o‘zini “nazoratchi” deb biladi, aholi og‘irini yengil qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘q!” – dedi Prezidentimiz.

Masalan, Qumqo‘rg‘on tumani karantin bo‘limida 8 nafar inspektor faqat kamchilik bo‘yicha ko‘rsatma, eksportga sertifikat berish bilan shug‘ullanadi, fumigasiya xizmatini ko‘rsatmaydi.

Ekologiya bo‘limi ham faqat daraxt kesishni nazorat qiladi, lekin “Yashil makon” doirasida qayerga qanday ko‘chat ekish, moliyaviy manbasi bo‘yicha taklif bermaydi.

Kiritildi: 10:00 16.06.2025. O'qildi: 712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!