Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi Maxsus operasiyalar kuchlari poligoni bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi Maxsus operasiyalar kuchlari poligoni bilan tanishdi

O‘quv davomida turli qo‘shinlarga mansub bo‘linmalarning jangovar imkoniyatlari hamda ularning birgalikdagi harakatlarining muvofiqlashganlik darajasi, shuningdek, qo‘shinlar va qurol-yarog‘ni boshqarishning yangi raqamli tizimlari namoyish etildi.

Turli jangovar operasiyalarni o‘tkazishda uchuvchisiz uchish apparatlaridan samarali foydalanish usullari, shuningdek, turli xil o‘quv-jangovar vazifalarni bajarish jarayonida artilleriya, aviasiya, havo hujumidan mudofaa va quruqlikdagi qo‘shinlarning birgalikdagi harakatlari ko‘rsatildi.

O‘quv yakunida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni bo‘linmalarning tayyorgarligi va ularning birgalikdagi harakatlarida erishilgan uyg‘unlik darajasini yuqori baholadi.

Kiritildi: Bugun 19:27. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!