Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi

17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Toshkent shahrida bo‘lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

Yuqori martabali mehmon qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Turkmaniston yetakchisining barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgan Turkmaniston-O‘zbekiston aloqalariga yuksak baho berilgan maktubini topshirdi.

Unda Turkmaniston rahbari ikki mamlakatning xalqaro siyosat va mintaqaviy munosabatlar borasidagi pozisiyalari yaqin va o‘xshashligini alohida qayd etgan.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, suv va qishloq xo‘jaligi sohalarida yangi kooperasiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari va bu boradagi amaliy chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.

Kiritildi: 19:14 17.01.2022. O'qildi: 2680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!