Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni qabul qildi

Kecha, 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentimiz mehmonni samimiy qutlar ekan, ikki davlat rahbarlarining muntazam va samarali muloqoti tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal sur’at bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Nikolay Patrushev, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun sidqidildan minnatdorlik bildirib, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikka oid, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish istiqbollari muhokama qilindi.

Xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik qilish, harbiy va harbiy-texnik sohalarda amaliy sheriklikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 09:25 01.11.2019. O'qildi: 1740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!