Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev oktyabrda Fransiyaga boradi. Hukumat ushbu tashrifga tayyorgarlik to‘g‘risida qaror chiqardi

A A A
Shavkat Mirziyoyev oktyabrda Fransiyaga boradi. Hukumat ushbu tashrifga tayyorgarlik to‘g‘risida qaror chiqardi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov «Fransiyaga oliy darajadagi tashrif davomidagi madaniy-gumanitar tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qaror «Lex.uz»da e’lon qilindi.

Qarorda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning oktyabr oyida oliy darajadagi tashrif bilan Fransiyaga boradi. Hukumatning ushbu qarori bilan ushbu tashrifning madaniy-gumanitar qismiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlangan.

Tashrifning ushbu qismiga tayyorgarlik doirasida Madaniyat vazirligiga, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan tovarlarni yetkazib beruvchilar, ishlarni bajaruvchilar va xizmatlarni ko‘rsatuvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi huzurida Fransiya madaniyat markazi tashkil etiladi. Qarorda qayd etilishicha, ushbu markazni tashkil etish taklifi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi va «Sen yolg‘iz emassan» respublika ijtimoiy bolalar jamg‘armasi tomonidan berilgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 06:30 26.08.2018. O'qildi: 1261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik