Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Odamlar mustaqillikni berib qo‘yamiz deyishyapti" (VIDEO)

A A A
Shavkat Mirziyoyev: "Odamlar mustaqillikni berib qo‘yamiz deyishyapti" (VIDEO)

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib ko‘rgan, shu yerda yozuvchi va shoirlar, adabiyoshunos olimlar, yosh ijodkorlar bilan muloqot qilgan edi.

«O‘zbekiston 24» telekanalining xabar berishicha, ushbu uchrashuv davomida davlat rahbari O‘zbekistonning yaqin istiqbolda mintaqaviy xalqaro tashkilotlarga qo‘shilishi masalasida ham fikr bildirgan.

Biz katta-katta integrasiyalarga qo‘shilmoqchimiz. «Mustaqillikni berib qo‘yamiz», deganga o‘xshash har xil gaplar aytilyapti. Endi kim bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zbek millati hech qachon mustaqilligini berib qo‘ymaydi. Necha asrlar avval bobolarimiz boshlab bergan kurash hozir ham davom etadi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Ma’lumot uchun, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi masalasi faol muhokama qilinmoqda. Kuni kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov «faqat iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqib» ushbu xalqaro tashkilot faoliyatida qatnashish tarafdori ekanini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 10:03 27.12.2019. O'qildi: 5512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik