Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev kichik biznes o‘sishi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev kichik biznes o‘sishi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan taqdimoti bilan tanishdi

Taqdimotda joriy yilning 1 iyunidan boshlab soddalashtirilgan soliq rejimi chegarasini 1 mlrddan 5 mlrd so‘mgacha oshirish taklif qilindi.

Shuningdek, past xavf darajadagi tadbirkorlar uchun QQS hisob-kitoblari va tekshiruvlarni qisqartirish, hamda bank hisobraqamlarini ochishni avtomatlashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Endilikda soliq xavfi 500 mln so‘mgacha bo‘lgan holatlarda soliq auditi o‘tkazilmasligi, biznesni “sun’iy bo‘lish”ga qarshi yangi yengilliklar joriy etilishi mumkin.

Hukumat esa bu orqali 600 mingdan ortiq kichik biznesning qonuniy o‘sishini va soliq bazasi hisobidan byudjetga yiliga 2 trln so‘m qo‘shimcha tushishini prognoz qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:37. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!